date

Bavariya PSJ yulduzi Xvicha Kvaratsxeliyaning ukasiga qiziqish bildirmoqda

Bavariya PSJ yulduzi Xvicha Kvaratsxeliyaning ukasiga qiziqish bildirmoqda

Myunxenning Bavariya klubi PSJ hujumchisi Xvicha Kvaratsxeliyaning ukasi Tornike Kvaratsxeliyaga qiziqish bildirayotganini rasman tasdiqladi. 16 yoshli iqtidorli futbolchi yaqinda Germaniya klubining yoshlar akademiyasida mashg‘ulotlarda ishtirok etib, murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldirdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Bavariya sport direktori Kristof Froynd yosh futbolchining klub bazasida bo‘lganini tasdiqlab, uning iqtidorli ekanini ta’kidladi. Froyndning so‘zlariga ko‘ra, Tornikeni akasi Xvicha bilan solishtirishga hali erta, ammo klub uning rivojlanish jarayonini diqqat bilan kuzatib boradi.

Tornike Kvaratsxeliya Bavariyaning 17 yoshgacha bo‘lgan jamoasi safida o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi. Hozirda Dinamo Tbilisi tarkibida bo‘lgan yosh futbolchi o‘zining texnik mahorati bilan mutaxassislar e’tiborini tortmoqda.

FIFA qoidalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakat fuqarosi sifatida Tornike 18 yoshga to‘lmaguniga qadar Germaniya klubi bilan rasmiy shartnoma imzolay olmaydi. Shu sababli, Bavariya uni rivojlantirish uchun hamkor klublardan biriga ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariya PSJ yulduzi Xvicha Kvaratsxeliyaning ukasiga qiziqish bildirmoqda