date

Onaning beparvoligi uch yoshli bola o‘limiga sabab bo‘ldi

Onaning beparvoligi uch yoshli bola o‘limiga sabab bo‘ldi
Foto: Videodan kadr

Ona farzandini mashinada 12 soatga unutib qoldirdi. Oqibatda 3 yoshli bola halok bo‘ldi.

Voqea Meksikaning Mexikali shahrida yuz bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, bola onasi bilan kechasi uyga qaytgach avtomobilda qolib ketgan. U bolalar o‘rindig‘ida xavfsizlik kamariga bog‘langan holda bo‘lgan va 12 soatdan ortiq vaqt davomida yopiq mashinada qolgan.

Ertasi kuni soat taxminan 13:30 da bir ayol avtomobil ichidagi bolani payqab, yordam chaqirgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar bolada hayot alomatlari yo‘qligini aniqlagan. Shifokorlar bolaning tanasida kuyish izlarini qayd etgan. O'limning asosiy sababi sifatida issiq urishi ko'rsatilgan. Hodisa kuni havo harorati 33 gradusdan oshgan.

Mutaxassislar yopiq avtomobil ichida harorat qisqa vaqt davomida hayot uchun xavfli darajaga yetishini ta'kidlamoqda. Holat yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Onaning beparvoligi uch yoshli bola o‘limiga sabab bo‘ldi