date

Messi Inter Mayami bilan shartnoma uzaytirdi

Messi Inter Mayami bilan shartnoma uzaytirdi
Amerika futbol klubi "Inter Mayami" jamoa sardori Lionel Messi bilan shartnomani 2028 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirganini rasman e'lon qildi. Ilgari tuzilgan shartnoma 2025 yilning 31 dekabrida o'z nihoyasiga yetishi kerak edi.

"Bu yerda qolayotganimdan va ushbu loyiha ustida ishlashni davom ettirayotganimdan juda xursandman. Bu loyiha mening orzuim va go'zal haqiqatimga aylandi.

Mayamiga kelganimdan buyon o'zimni baxtli his qilaman, shuning uchun faoliyatimni bu yerda davom ettirishdan mamnunman", — dedi Messi o'z izohida. Messi "Inter Mayami" safida 2023 yil yozidan buyon to'p suradi.

Shu vaqt mobaynida u 2023 yilgi Leagues Cup, 2024 yilgi MLS muntazam mavsumida g'olib bo'lishga erishdi hamda AQSH Kubogi finaliga yetib bordi. Argentinalik futbolchi klub safida 82 ta o'yinda maydonga tushib, 71 ta gol urdi va 37 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Messining so'zlariga ko'ra, "Inter Mayami" uning faoliyatidagi so'nggi klub bo'ladi. Lionel Messi 1987 yil iyun oyida Argentinaning Rosario shahrida tug'ilgan.

U asosan "Barselona"dagi faoliyati bilan katta shuhrat qozongan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Messi Inter Mayami bilan shartnoma uzaytirdi