date

Shimoliy Koreya AQSh vaziri tashrifi oldidan raketa uchirdi


Shimoliy Koreya AQSh mudofaa vaziri Pit Hegsetning demilitarizatsiya hududiga tashrifidan bir soat oldin o‘nga yaqin artilleriya raketasini uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, Yonhap agentligi xabar berdi.

Janubiy Koreya Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, raketalar dushanba kuni taxminan soat 16:00 da Sariq dengizning shimoliy qismiga qarab uchirilgan. Hozirda ushbu uchirishlar bo‘yicha maxsus tahlillar olib borilmoqda.

Mazkur hodisa AQSh mudofaa vaziri Pit Hegsetning Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasidagi xavfsizlik hududiga yaqin joylashgan Bonifas lageriga tashrifidan bir soat oldin sodir bo‘ldi. U yerda Hegset janubiy koreyalik hamkasbi An Gyu Bak bilan uchrashuv o‘tkazishi kerak edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreya AQSh vaziri tashrifi oldidan raketa uchirdi