date

Labubu asoschisi Xitoyning eng boylari ro'yxatida


Pop Mart do'konlar tarmog'i va mashhur Labubu figurkalari yaratuvchisi Van Ning Xitoyning eng boy tadbirkorlari o'nligiga kirdi. Forbes ma'lumotlariga ko'ra, uning boyligi 22,3 milliard dollarga yetdi.

Reytingning birinchi pog'onasida TikTok'ga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi asoschisi Chjan Yiming joylashgan bo'lib, uning boyligi 65,5 milliard dollarga teng. Ikkinchi o'rinda Nongfu Spring brendi egasi Chjun Shanshan (58,7 milliard dollar) bo'lsa, uchinchi o'rinda Tencent va WeChat yaratuvchisi Ma Xuateng (52,2 milliard dollar) joy olgan.

Keyingi o'rinlarda Xiaomi asoschisi Ley Tsyun (46,2 milliard dollar), NetEase kompaniyasi rahbari Uilyam Ding (42,4 milliard dollar), Pinduoduo va Temu onlayn do'konlar platformalari asoschisi Kolin Xuang (37,9 milliard dollar), Midea Group egasi Xe Syantszyan (27,9 milliard dollar), Alibaba Group asoschisi Jek Ma (25,7 milliard dollar) hamda BYD avtomobil ishlab chiqaruvchisi Van Chuanfu (24,5 milliard dollar) joylashgan. Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Labubu figurkalari ishlab chiqaruvchisi daromadi yil boshidan buyon 350 foizga o'sganini xabar qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Labubu asoschisi Xitoyning eng boylari ro'yxatida