date

Zoxran Mamdani Nyu-Yorkning birinchi musulmon meri bo'ldi

Zoxran Mamdani Nyu-Yorkning birinchi musulmon meri bo'ldi
CNN telekanali Decision Desk portali ma'lumotlariga tayanib, 34 yoshli Zoxran Mamdanining Nyu-York meri saylovlarida g'alaba qozonishini taxmin qilmoqda. U shahar boshqaruvini qo'lga kiritgan birinchi musulmon bo'ladi.

Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Mamdani 50,3% ovoz to'plagan, boshqa manbalarga ko'ra esa 42,75% ovoz olgan. CNNning qayd etishicha, Mamdanining g'alabasi Demokratik partiyaning progressiv qanoti uchun muvaffaqiyat ramzi bo'lib, ayni paytda milliy demokratlar Donald Trampga qarshi qanday kurashish kerakligi borasida yagona fikrga ega emaslar.

O'z tarafdorlari bilan uchrashuvda Mamdani Nyu-Yorkni yorqin kelajak sari yetaklashni va barcha shahar aholisi uchun mer bo'lishni va'da qildi. Biroq, AQSh prezidenti Donald Tramp yangi merni kommunist deb atab, uning saylanishi shahar holatini yomonlashtirishi mumkinligini ta'kidladi.

"Men qat'iy ishonamanki, agar Mamdani g'alaba qozonsa, Nyu-York iqtisodiy va ijtimoiy falokat yoqasiga yetadi", dedi Tramp Social Truth sahifasida. Mamdani Ugandada tug'ilgan, Keyptaun (Janubiy Afrika) shahrida ulg'aygan.

U yetti yoshida Nyu-Yorkka ko'chib kelgan. Bronx Fanlar Oliy Maktabida tahsil olib, Bowdoin kollejida gumanitar fanlar bo'yicha bakalavr darajasini olgan.

2017 yildan buyon Mamdani "Amerikaning Demokratik Sotsialistlari" tashkiloti a'zosi. U boylar uchun soliqlarni oshirish va minimal ish haqini 2030 yilga borib, soatiga 16,5 dollardan 30 dollarga ko'tarishni taklif qilmoqda.

Uning boshqa tashabbuslari orasida maktabgacha ta'limni va avtobuslarda qatnovni bepul qilish ham bor. Mamdanining dasturini amalga oshirish uchun kerakli xarajatlar korporatsiyalar va millionerlar uchun yangi soliqlar hisobiga qoplanadi.

Bu soliqlar shahar byudjetiga yiliga 9 milliard dollar keltirishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zoxran Mamdani Nyu-Yorkning birinchi musulmon meri bo'ldi