date

Braun universitetidagi otishmada gumonlanuvchi shaxs jasadi yorib ko‘rildi

Braun universitetidagi otishmada gumonlanuvchi shaxs jasadi yorib ko‘rildi

AQSHdagi Braun universiteti hududida sodir bo‘lgan qonli otishma ishi bo‘yicha yangi ma’lumotlar e’lon qilindi. Ushbu voqeada ikki nafar talaba, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi MuhammadAziz Umurzoqov hayotdan ko‘z yumgan edi.

The Guardian nashrining yozishicha, asosiy gumonlanuvchi hisoblangan 48 yoshli Portugaliya fuqarosi Klaudio Manuel Neves Valentening jasadi sud-tibbiy ekspertiza orqali tekshirilgan. Xulosaga ko‘ra, u 18 dekabr kuni topilishidan taxminan ikki kun oldin o‘z joniga qasd qilgan.

Rasmiylar ma’lum qilishicha, otishma 13 dekabr kuni universitetning muhandislik binosida yuz bergan. Hodisa oqibatida ikki talaba halok bo‘lgan, yana to‘qqiz kishi turli darajada tan jarohati olgan. Shu bilan birga, tergov doirasida Neves Valentening 16 dekabr kuni uyida otib o‘ldirilgan MIT professori Nuno Lureyru bilan ehtimoliy bog‘liqligi ham o‘rganilmoqda.

Tergovchilarning aniqlashicha, Neves Valente avval Braun universitetida doktorant sifatida tahsil olgan. Hozircha hodisalarning aniq motivlari rasman ochiqlanmagan. Tergov ishlari davom etmoqda, rasmiylar barcha holatlar batafsil o‘rganilayotganini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Braun universitetidagi otishmada gumonlanuvchi shaxs jasadi yorib ko‘rildi