date

Nyu-York meri o‘zbek hamshiralariga minnatdorchilik bildirdi


Nyu-York shahri meri Zoxran Mamdani o‘z tarafdorlari oldida so‘zga chiqib, saylovlardagi g‘alabasida ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlovlari uchun o‘zbekistonlik hamshiralarga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, yangi shahar rahbari Meksika buvijonlari, Yaman savdogarlari, Senegal taksistlari va Nyu-Yorkda yashovchi boshqa milliy ozchilik vakillariga ham o‘z minnatdorchiligini izhor etdi.

"Bu shahar — sizning shaharingiz, va bu demokratiya ham sizniki", — ta’kidladi Zoxran Mamdani. Nyu-York meri o‘zining siyosiy dasturida olti haftalikdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul parvarish xizmatlarini joriy etish, shaharning har bir tumanida davlat tomonidan subsidiyalanuvchi oziq-ovqat do‘konlarini ochish kabi takliflarni ilgari surdi.

Bundan tashqari, Mamdanining saylovoldi va’dalari orasida shahar avtobuslarini bepul qilish, bir million ijarachilar uchun ijara narxlarini muzlatib qo‘yish kabi rejalar ham mavjud. U, shuningdek, shaharning eng boy aholisidan yuqori soliq undirish va korporativ soliq stavkalarini oshirishni taklif qilib, ushbu mablag‘larni o‘z g‘oyalarini amalga oshirish uchun sarflashni rejalashtirmoqda.

Tanqidchilar esa bu rejalarni amalga oshirishni real emas deb baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York meri o‘zbek hamshiralariga minnatdorchilik bildirdi