date

Gunvor «Lukoyl» aktivlarini sotib olish niyatida


Shveytsariyaning Gunvor neft savdo kompaniyasi AQSh va Buyuk Britaniyaning Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasiga qarshi joriy etgan yangi sanksiyalaridan so‘ng savdoga qo‘yilgan xorijiy aktivlarni sotib olishni muhokama qilmoqda, deb xabar berdi Reuters. Gunvorning umumiy kapitali 6,8 milliard dollarni tashkil etadi, shundan ko‘p qismi na zavodlar va uskuna, balki naqd mablag‘lardan iborat.

«Lukoyl» aktivlarini sotib olish uchun kompaniya taxminan 18 milliard dollar miqdorida qarz olishi kerak bo‘ladi, bu esa bankirlar fikricha, deyarli imkonsiz. Bunday qarz yuklamasi kompaniyaning kredit olish imkoniyatini sezilarli darajada cheklashi mumkin.

Shuningdek, «Lukoyl» aktivlari joylashgan mamlakatlarda bitim qattiq tekshiruvlardan o‘tishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Gunvorning Rossiya bilan avvalgi aloqalari ham xavfli omil sifatida ko‘rilmoqda.

Kompaniya avval Rossiya neftining yirik savdogari bo‘lgan, ammo hozirda AQSh va boshqa bozorlarga eʼtibor qaratayotganini bildirgan. «Lukoyl»ning xorijiy biznesi taxminan 22 milliard dollar qiymatga ega bo‘lib, uning tarkibiga Yevropadagi zavodlar, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Iroq va Meksikadagi konlardagi ulushlar, shuningdek, dunyo bo‘ylab yuzlab yoqilg‘i quyish shoxobchalari kiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gunvor «Lukoyl» aktivlarini sotib olish niyatida