
Jakartadagi maktab masjidida juma namozi vaqtida ikki marta kuchli portlash sodir bo‘ldi. Indoneziya politsiyasi boshlig‘i Listyo Sigit Prabovo Al Jazeera xabariga ko‘ra, asosiy gumondor sifatida maktab o‘quvchisini ko‘rsatdi.
Hodisa oqibatida 50 dan ortiq kishi shifoxonaga yotqizildi. Jabrlanganlar turli darajadagi jarohatlar, jumladan kuyish, shuningdek, siniq bo‘laklardan yaralanish holatlariga uchragan.
Hozirda 20 nafar bemor shifoxonalarda qolmoqda, ularning uch nafari jiddiy jarohat olgan. Politsiya hodisaning sabablarini aniqlash uchun tergov ishlarini olib bormoqda.
Shimoliy Jakarta hududida voqea joyida ishlayotgan terrorizmga qarshi guruh masjid yaqinidan o‘yinchoq miltiqlar va to‘pponchalar topdi. Masjidning o‘ziga katta zarar yetmagani aytilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar