
Qozog‘iston Yevropadagi Oddiy Qurollar bo‘yicha Shartnomadagi (YEOQSh) ishtirokini to‘xtatmoqda. Ushbu qarorni mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 17-noyabr kuni imzoladi.
YEOQSh dastlab 1990-yil noyabr oyida NATOning 16 davlati va Varshava shartnomasi ittifoqining 6 davlati tomonidan imzolangan edi. Ushbu kelishuv Atlantikadan to Uralgacha bo‘lgan hududda tanklar, zirhli texnikalar, 100 mm va undan kattaroq kalibrli artilleriya qurilmalari, jangovar samolyotlar va hujumchi vertolyotlar soniga cheklovlar kiritishni nazarda tutgan.
Umuman, bu shartnomaga 28 davlat qo‘shilgan. Keyinchalik, 1999-yilda Istanbuldagi YEXHT sammitida YEOQShning moslashtirilgan versiyasi taqdim etilgan.
Biroq uni faqat to‘rtta davlat — Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Ukraina ratifikatsiya qilgan. 2007-yilda esa Rossiya ushbu shartnomadagi ishtirokini to‘xtatgan va 2023-yilda undan butunlay chiqib ketgan.
Rossiyaning chiqishidan keyin NATO davlatlari ham YEOQShdagi ishtirokini noma’lum muddatga to‘xtatgan. Belarus, Ukraina va Moldova ham shunga o‘xshash qarorlar qabul qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.