date

Yangi yil bayrami qon bilan yakunlandi: Shveysariyada fojia

Yangi yil bayrami qon bilan yakunlandi: Shveysariyada fojia
Shveysariyada Yangi yil bayrami arafasida fojiali voqea sodir bo‘ldi. 1-yanvarga o‘tar kechasi mamlakatning Vale kantonida joylashgan mashhur Kran-Montana tog‘-chang‘i kurorti hududida portlash va undan keyin kuchli yong‘in yuz berdi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan soat 01:30 atrofida Yangi yilni nishonlayotgan Le Constellation nomli barda sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, voqea paytida binoda 100 dan ortiq kishi bo‘lgan.

Reuters agentligi Shveysariya politsiyasi ma’lumotlariga tayanib, portlash oqibatida 40 ga yaqin kishi halok bo‘lgani, kamida 115 kishi jarohat olganini xabar qildi. Shu bilan birga, politsiya o‘tkazgan matbuot anjumanida qurbonlar soni aniq aytilmagan, faqat “bir necha o‘nlab” odamlar halok bo‘lgani qayd etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur fojia munosabati bilan Shveysariya xalqiga hamdardlik bildirdi. Shuningdek, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.

Hodisa sabablari bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Yangi yil bayrami qon bilan yakunlandi: Shveysariyada fojia