Qirg‘izistonda o‘rtacha maosh qanchaligi aytildi

Qirg‘izistonda 2025 yilning yanvar-oktyabr oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 42 ming 919 somni yoki 491,3 AQSH dollarini tashkil etgan. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi hisobotida aytiladi.
2024 yilning shu davri bilan solishtirganda, ish haqi 19,2 foizga oshgan, inflyatsiya hisobga olingan holda esa real o‘sish 10,4 foizni tashkil etgan. Eng yuqori ish haqi Bishkek shahrida qayd etilgan – 54 ming 618 som.
Hududlar bo‘yicha o‘rtacha ish haqi ma’lumotlari quyidagicha:
- Issiqqo‘l viloyati – 46 ming 261 som
- Norin viloyati – 39 ming 934 som
- Talas viloyati – 38 ming 725 som
- O‘sh shahri – 34 ming 662 som
- Jalolobod viloyati – 34 ming 633 som
- Chuy viloyati – 33 ming 837 som
- Batken viloyati – 31 ming 461 som
- O‘sh viloyati – 26 ming 914 som
Qirg‘izistondagi ish haqining oshishi xalqning iqtisodiy ahvolini yaxshilashga yordam berishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing