date

Tramp: Grenlandiya AQSHga kerak, uni Xitoy yoki Rossiya egallashi mumkin

Tramp: Grenlandiya AQSHga kerak, uni Xitoy yoki Rossiya egallashi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp Grenlandiya Qoʻshma Shtatlar uchun “zarur” ekanini aytib, aks holda orol Xitoy yoki Rossiya nazoratiga oʻtib ketishi mumkinligini taʼkidladi. U bu fikrlarni neft kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvda bildirdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Trampning soʻzlariga koʻra, Vashington Grenlandiya masalasida “biror chora” koʻradi va bu orol aholisiga yoqadimi-yoʻqmi, baribir harakat qilinadi. Prezident bayonotida AQSh bunday qadam tashlamasa, Rossiya yoki Xitoy Grenlandiyani egallab olishi, natijada Qoʻshma Shtatlar uchun strategik jihatdan noqulay qoʻshnichilik vaziyati yuzaga kelishi mumkinligini qayd etdi.

Tramp fikricha, 1951 yildagi kelishuv asosida orolda AQSh harbiy bazalari mavjud boʻlishiga qaramay, Qoʻshma Shtatlar Grenlandiyani qoʻlga kiritishi kerak. AQShda avval ham Grenlandiya ustidan nazoratni kuchaytirishning turli yoʻllari muhokama qilingan: harbiy variantlardan tortib, orol aholisiga bir martalik toʻlovlar taklif etib, ularni Daniyadan ajralishga va ehtimol AQShga qoʻshilishga ko'ndirish gʻoyalarigacha.

Trampning Grenlandiyani AQShga qoʻshish haqidagi navbatdagi bayonotlari NATO doirasida salbiy munosabat uygʻotdi. Alyansning ayrim aʼzolari bunday masalalar faqat Kopengagen va orolning oʻz maʼmuriyati tomonidan hal qilinishi mumkinligini bildirdi.

Shu bilan birga, Grenlandiya aholisi ham AQShga qoʻshilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlamaydi. Soʻrovlar natijasiga koʻra, gʻrenlandlarning 85 foizi bu gʻoyaga qarshi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Grenlandiya AQSHga kerak, uni Xitoy yoki Rossiya egallashi mumkin