
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionatining birinchi rasmiy posterini o'zining ijtimoiy tarmoqlaridan olib tashladi. Bu qaror poster futbol muxlislari tomonidan tanqid qilinganidan so'ng qabul qilindi.
Posterda 42 jamoaning futbolchilari tasvirlangan edi. Har bir mamlakatdan bitta futbolchi namoyish etilgan bo'lib, Portugaliya terma jamoasini "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandes ifodalagan.
Ammo afsonaviy futbolchi, besh karra "Oltin to'p" sohibi Krishtianu Ronaldu posterda yo'q edi. Bu esa muxlislarning noroziligiga sabab bo'ldi va FIFA posterni o'chirishga majbur bo'ldi.
Shuningdek, posterda o'zbekistonlik Eldor Shomurodov ham namoyish etilgan edi. 40 yoshli Krishtianu Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida to'p surmoqda va u 2026-yilgi Jahon chempionati uning so'nggi musobaqasi bo'lishini ma'lum qilgan.
Turnir 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladi. Musobaqada ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi, final esa Nyu-Jersi shtatidagi "Metlayf" stadionida bo'lib o'tadi.
Yevropa mintaqaviy saralashida 12 ta jamoa pley-off o'yinlari orqali 4 ta yo'llanma uchun kurashadi, yana 2 ta yo'llanma esa qit'alararo o'yinlarda taqsimlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.