
Nigeriyaning shimoli-g'arbiy qismidagi Niger shtatida qurollangan shaxslar maktab-internatga hujum qilib, 300 dan ortiq o'quvchi va 12 nafar o'qituvchini o'g'irlab ketishdi. Bu haqda Christian Association of Nigeria ma'lumotlariga asoslanib Associated Press xabar berdi.
Hodisaga juma kuni guvoh bo'lishgan. Tashkilot ma'lumotlariga ko'ra, qurollangan shaxslar maktabga bostirib kirib, o'quvchilar va o'qituvchilarni majburan olib chiqib ketishgan.
Hujumning aniq tafsilotlari oshkor qilinmagan bo'lsa-da, qayd etilishicha, jami 303 nafar bola va 12 nafar maktab xodimi yo'qolgani ma'lum. Voqeadan so'ng Niger shtati hokimiyati xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtincha barcha maktablarni yopish haqida qaror chiqardi.
Hokimning so'zlariga ko'ra, xavfsizlik kuchlari asirlarni qutqarish ustida ish olib borishmoqda. Bu hodisa 2014-yilning 14-aprelida Chibokda "Boko Haram" jangarilari tomonidan 276 dan 300 gacha maktab qizining o'g'irlanishidan beri Nigeriyada sodir bo'lgan eng yirik o'g'irlash voqeasi sifatida qayd etilmoqda.
Hududiy hokimiyatlar qishloq joylardagi qurolli guruhlarning faolligi sababli vaziyatni nazorat qilish qiyinlashayotganini tan olishmoqda. Hodisa Donald Trumpning Nigeriyada nasroniylar genotsidi borasida aytgan bayonoti tufayli AQSh bilan Nigeriya o'rtasidagi munosabatlar murakkablashgan bir paytda sodir bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.