date

Isroil va HAMAS o‘rtasida yangi urush tahdidi: o‘zaro sulh muammoga uchradi

Isroil va HAMAS o‘rtasida yangi urush tahdidi: o‘zaro sulh muammoga uchradi

The Wall Street Journal (WSJ) manbalariga ko‘ra, Isroil Falastinning HAMAS guruhi bilan 2025 yilgi sulh kelishuvi shartlariga amal qilmasligi sababli, G‘azo sektorida yangi urush boshlashni ko‘rib chiqmoqda. Isroil va arab rasmiylariga tayangan holda xabar qilinganidek, AQSH prezidenti Donald Tramp qatnashgan muzokaralarda HAMAS jangchilari qurollarini to‘liq topshirishi shart bo‘lgan. Lekin, guruh faqat og‘ir qurollarni topshirishga rozi bo‘lgan, 60 000 ta kichik qurolni esa ular topshirishdan bosh tortgan.

Bu holat HAMASning kuchli moliyaviy holatini mustahkamlashga va a’zolarga muntazam to‘lovlarni ta’minlashga yordam bergan. Shuningdek, ular shikastlangan infratuzilmani qayta tiklashga harakat qilmoqda. Ekspertlarning fikricha, agar HAMAS o‘z qurollarini topshirmasa, Isroil buni majburiy tartibda bajarishga harakat qilishi mumkin.

Isroil va HAMAS 9 oktyabr kechasi tinchlik bitimining birinchi bosqichini imzolagan. Tramp esa Rojdestvodan oldin (25 dekabr) G‘azo tinchlik jarayonining ikkinchi bosqichga o‘tishini aniqlamoqchi. Unga ko‘ra, ikkinchi bosqichda Isroil qo‘shinlarini G‘azo hududining asosiy qismidan olib chiqadi, xalqaro barqarorlik kuchlarini joylashtirish va yangi ma’muriy tuzilma yaratilishi kerak. Bu jarayonga arab va g‘arb davlatlarining yetti ming rahbarlaridan iborat «Tinchlik kengashi» rahbarlik qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Isroil va HAMAS o‘rtasida yangi urush tahdidi: o‘zaro sulh muammoga uchradi