date

Dizire Due - 2025 yilning Golden Boy sohibi


2025 yilning 2 dekabr kuni Turinda Golden Boy mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli mukofotga PSJ va Fransiya terma jamoasi futbolchisi Dizire Due sazovor bo‘ldi.

Tanlov komissiyasi uning barqaror o‘yinini va Parij klubining Yevropadagi muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasini alohida ta'kidladi. Due 2024 yilning yozida "Renn" klubidan PSJga 50 million yevro evaziga o‘tgandi.

Yoshlikdan namoyon qilgan tezkorligi va to‘p bilan ishlash mahorati sabab u tezda jamoaning asosiy futbolchisiga aylandi. Uning o‘yinga ta’siri ayniqsa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida yaqqol ko‘zga tashlandi.

Mukofotni qo‘lga kiritishda hal qiluvchi omil uning turnir finalidagi ajoyib o‘yini bo‘ldi. "Inter"ga qarshi 5:0 hisobida yakunlangan bahsda Due ikki gol urib, bitta golli uzatma amalga oshirdi.

U finalning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Golden Boy mukofoti ilk bor 2003 yilda Italiyaning Tuttosport nashri tomonidan ta'sis etilgan.

Bu sovrin har yili Yevropaning kuchli ligalarida to‘p surayotgan 21 yoshgacha bo‘lgan eng iqtidorli futbolchilarga topshiriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dizire Due - 2025 yilning Golden Boy sohibi