Ramzan Qodirov Telegramda Adam ishtirokidagi yig‘ilish videosini ko‘rsatdi

1 daqiqa o'qish1.3K
Ramzan Qodirov Telegramda Adam ishtirokidagi yig‘ilish videosini ko‘rsatdi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanali orqali o‘g‘li — respublika Xavfsizlik kengashi kotibi Adam Qodirov ishtirokida kuch tuzilmalari komandirlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishdan videolavhani e’lon qildi.

Qodirovning yozishicha, mazkur uchrashuvda respublikada bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish, saylov jarayonida xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek ekstremizmga qarshi kurashishga oid masalalar muhokama qilingan.

Ramzan Qodirov ta’kidlashicha, yig‘ilish davomida Adam Qodirov huquq-tartibot organlari va turli muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligiga alohida urg‘u bergan. Shuningdek, saylovlar vaqtida xavfsizlikni ta’minlash ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangani qayd etilgan.

Bundan tashqari, Qodirovning ma’lum qilishicha, Adam Qodirovga Zaporijjya AESni qo‘riqlash va xavfsizligini ta’minlashga qo‘shgan hissasi uchun “Atom stansiyalari xavfsizligini oshirishdagi xizmatlari uchun” medali topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval ijtimoiy tarmoqlarda Adam Qodirov Grozniydagi yo‘l-transport hodisasidan keyin og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani va uni Moskvaga olib ketishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqida turli xabarlar tarqalgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?