date

Iroq AQShni bazadan haydab chiqardi

Iroq AQShni bazadan haydab chiqardi
Iroq mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, AQSh qo‘shinlari mamlakatning g‘arbida joylashgan Ain al-Asad aviabazasidan to‘liq chiqib ketgan. Endi bazaning boshqaruvi butunlay Iroq armiyasiga o‘tgan. Bu baza uzoq yillardan buyon AQSh va koalitsiya kuchlari (bir maqsad uchun birlashgan davlatlar yoki guruhlar jamiyati) tomonidan ishlatilgan.

2024 yilda Vashington va Bag‘dod AQSh yetakchiligidagi koalitsiya kuchlarini Iroqdan chiqarish va ikki tomonlama xavfsizlik aloqalariga o‘tish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. Ain al-Asad aviabazasi mintaqadagi keskinlik davrida, xususan 2020 yilda Eron generali Qosim Sulaymoni o‘ldirilgandan keyin, Eron tarafdori qurolli guruhlar hujumiga uchragan.

Iroq armiyasi vakili AQSh kuchlari bazadan chiqib ketganini tasdiqladi, biroq logistika bilan bog‘liq ba’zi masalalar tufayli bir necha harbiy xodim bazada qolganini aytdi. Qo‘shimcha ma’lumot xavfsizlik sababli oshkor qilinmadi.

Dastlabki reja bo‘yicha yuzlab askarlar 2025 yil sentyabriga qadar, qolganlari esa 2026 yil oxirigacha Iroqdan chiqib ketishi belgilangan edi. Hozircha chiqishning aniq qachon boshlanganligi rasmiy ravishda e’lon qilinmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Iroq AQShni bazadan haydab chiqardi