Haj ziyoratini 40 marta ado etgan 142 yoshli otaxon hayotdan ko‘z yumdi

Saudiya Arabistonida mamlakatning eng keksa fuqarosi sifatida tilga olingan Nosir bin Rodan al-Rashid al-Vadoiy 142 yoshida vafot etgani haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Qatar Tribune “mahalliy xabarlar”ga tayanib yozgan.
Qarindoshlarining ma’lum qilishicha, u 1883–1884-yillarda, ya’ni podshohlik rasman shakllanishidan oldin dunyoga kelgan va mamlakat tarixidagi barcha podshohlar davrini ko‘rib umr kechirgan. Shuningdek, u 40 martadan ortiq Haj ziyoratini ado etgani aytilmoqda.
Xabarlarda Nosir al-Vadoiyning oilasi ham juda katta ekani qayd etilgan: farzand va nabiralari umumiy soni 134 nafar ekani, u 110 yoshida oxirgi marta uylanib, yana farzandli bo‘lgani haqida ham ma’lumot keltiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing