Eron osmoni yopildi: O‘zbekiston reyslari nega ortga qaytdi?

Eron havo hududi vaqtincha yopilgani sababli O‘zbekistonga bog‘liq bir qator aviaqatnovlar yo‘nalishni davom ettira olmay, jo‘nash aeroportlariga qaytishga majbur bo‘ldi. Xususan, Madina–Toshkent (7Q7742) va Madina–Farg‘ona (7Q4442) reyslari Madinaga qaytgan, Toshkent–Quvayt (J9650) samolyoti esa uchib chiqqanidan so‘ng yana Toshkentga qo‘ngan. Shuningdek, Samarqand–Jidda (9S3303) Samarqandga, Urganch–Madina (2U7911) Urganchga qaytgan, Jidda–Toshkent (HY336) reysi ham Jidda aeroportiga ortga burilgan.
Reuters va Flightradar24 ma’lumotlariga ko‘ra, Eron havo hududida cheklovlar joriy etilgani tufayli ko‘plab xalqaro reyslar yo‘nalishini o‘zgartirishga yoki kechikishlarga uchragan. Keyinchalik havo hududi qayta ochilgani haqida ham xabarlar bor.
Hozirda mutaxassislar vaziyatni kuzatmoqda. Yo‘lovchilarga aviakompaniya va aeroportning rasmiy bildirishlarini tekshirib borish tavsiya etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!