date

81 yoshli ayol Minecraft bilan nabirasining davolanishiga yordam berdi

81 yoshli ayol Minecraft bilan nabirasining davolanishiga yordam berdi

Kaliforniyada yashovchi 81 yoshli Syu Jeko oilasini qo‘llab-quvvatlash uchun zamonaviy texnologiyalarni o‘ziga xos yo‘l bilan ishga soldi. U nabiralaridan mashhur Minecraft o‘yinini o‘rganib, YouTube’da GrammaCrackers nomli kanal ochdi va qisqa vaqt ichida internet foydalanuvchilarining mehrini qozondi. “Pravila jizni” yozishicha, atigi bir oyda kanal obunachilari 100 mingdan oshgan.

Syu avval geymer ham, videobloger ham bo‘lmagan — texnologiyalardan faqat kundalik ehtiyoj uchun foydalangan. Biroq nabirasi Jekning og‘ir xastaligi uni yangi imkoniyatlarni sinab ko‘rishga undadi. Dastlab o‘yin va striming qiyin tuyulgan bo‘lsa-da, u vlogerlik orqali daromad olishga muvaffaq bo‘lgan.

Kanaldan tushayotgan mablag‘lar — monetizatsiya, reklama va tomoshabinlarning ko‘ngilli xayriyalari — 17 yoshli Jekning davolanishiga sarflanmoqda. U saratonga qarshi kuchli davolash kursini boshida o‘tkazgan, hozir esa uzoq reabilitatsiya bosqichida.

Ahamiyatli jihati, Syuning Minecraft’ga qiziqishi aynan Jek orqali boshlangan: o‘tgan yili yozda u buvisiga o‘yin asoslarini o‘rgatgan. Shuningdek, oila GoFoundMe platformasida ham xayriya aksiyasini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, Syuning strimlarini tomosha qilayotganlar bu tashabbusni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 81 yoshli ayol Minecraft bilan nabirasining davolanishiga yordam berdi