
2025 yilda Qozog‘iston oliy o‘quv yurtlarida 4,1 ming nafar o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Bu haqda Liter.kz xabar berdi.
Chet ellik talabalar soni bo‘yicha O‘zbekiston Turkmaniston va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinni egallamoqda. Umuman olganda, mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalarida 88 ta davlatdan kelgan 35,1 ming talaba o‘qiyotgani qayd etilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 11 foizga ko‘pdir. Talabalar orasida eng ommabop yo‘nalishlar sog‘liqni saqlash (12,9 ming talaba), pedagogika va axborot texnologiyalari bo‘lib qolmoqda.
Qozog‘istonning yirik shaharlari – Olmaota, Ostona va Chimkent o‘quvchilarni jalb qiluvchi asosiy markazlarga aylangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.