date

Tramp: HAMAS qurollarni topshirishi kerak

Tramp: HAMAS qurollarni topshirishi kerak

Reuters xabarlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS harakati yaqin haftalarda qurollarini topshirish masalasida aniq qaror qabul qilishi kerakligini aytdi. U bu haqida Shveysariyaning Davos shahrida o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumi doirasida so‘zladi.

Trampning ta’kidlashicha, kelishuvga ko‘ra, HAMAS qurollarni topshirishga rozi bo‘lgan va bu majburiyat bajarilishi lozim. Uning aytishicha, bu boradagi holat yaqin ikki-uch kun ichida, eng ko‘pi bilan uch hafta ichida aniq bo‘ladi.

AQSh prezidenti agar bu talab bajarilmasa, qat’iy choralar ko‘rilishini aytdi. Tramp HAMAS qurollarni topshirmasa, unga nisbatan keskin harbiy harakatlar amalga oshirilishini ochiq ogohlantirdi.

Mazkur bayonot Trampning Jahon iqtisodiy forumi doirasidagi nutqidan keyin o‘tkazilgan savol-javob sessiyasi vaqtida yangradi. Forumda Yaqin Sharqdagi vaziyat va global xavfsizlik masalalari muhim mavzular qatorida muhokama qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: HAMAS qurollarni topshirishi kerak