date

Hindistonda 103 yoshli o‘lgan ayol tirilib ketib hammani shokka tushurdi

Hindistonda 103 yoshli o‘lgan ayol tirilib ketib hammani shokka tushurdi

Hindistonning Maxarashtra shtati, Nagpur viloyatiga qarashli Ramtek hududida 103 yoshli Gangabay Saxare dafnga tayyorgarlik jarayonida kutilmaganda tirik ekani ma’lum bo‘ldi. Qarindoshlari uni harakatsiz va nafas olmayotgan holda ko‘rgach, vafot etgan deb o‘ylagan.

An’anaga ko‘ra, ayolni oq sare kiydirishgan, burniga paxta qo‘yishgan, qo‘l-oyoqlarini bog‘lashgan. Biroq oxirgi tayyorgarlik paytida yaqinlaridan biri ayolning oyoq barmoqlari qimirlayotganini payqagan. Paxta olib tashlangach, u chuqur nafas olgan va shu zahotiyoq “motam” kayfiyati “shodiyona”ga aylangan — chunki o‘sha kun uning tug‘ilgan kuni ekani ham esga tushgan.

Hozir mahalliy aholi uni “tirik mo‘jiza” deb atayotgani, qo‘shni qishloqlardan ham ko‘rish uchun kelayotganlar borligi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda 103 yoshli o‘lgan ayol tirilib ketib hammani shokka tushurdi