date

Sobiq rep ijrochisi 2026 yilda Nepal bosh vaziri lavozimi uchun kurashadi

Sobiq rep ijrochisi 2026 yilda Nepal bosh vaziri lavozimi uchun kurashadi

Sobiq rep ijrochisi Balendra Shah 2026 yil 5 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida Nepal bosh vaziri lavozimiga da’vogarlik qiladi. Bu haqda Reuters xabariga tayanib kursiv.uz xabar beradi.

Shah Milliy mustaqil partiya (RSP) safiga qo‘shildi. Partiyaga avval teleboshlovchi sifatida tanilgan Rabi Lamichxane rahbarlik qiladi. Agar RSP saylovda g‘alaba qozonsa, hukumatni aynan Balendra Shah boshqarishi kutilmoqda.

Tahlilchi Bipin Adxikariga ko‘ra, RSPning Balendra Shah va uning yosh tarafdorlarini o‘z tomoniga og‘dirishi partiya uchun “aqlli va strategik qadam” bo‘lgan. Mutaxassis fikricha, uzoq yillar siyosiy maydonda ustun bo‘lib kelgan eski partiyalar yoshlardan ayrilib qolishdan xavotirda: ular yangi siyosiy kuchni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Avval Nepal siyosatini qariyb 30 yil davomida Nepal Kommunistik partiyasi hamda markazchi “Nepal kongressi” yetakchi rolni bo‘lib kelgan. Nepal Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 30 mln aholiga ega mamlakatda 11 mln fuqaro parlament saylovlarida ovoz berish huquqiga ega.

Reuters qayd etishicha, Balendra Shah 2025 yil sentyabrida boshlangan ommaviy noroziliklar paytida yoshlar orasida norasmiy yetakchi sifatida ko‘rilgan va vaqtinchalik hukumat shakllanishiga ham ko‘maklashgan. O‘sha namoyishlarning asosiy talablari korrupsiyaga qarshi kurash va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish bo‘lgan. Yakunda Xadga Prasad Sharma Oli boshchiligidagi hukumat iste’foga chiqqan.

Balendra Shah 1990 yil 27 aprelda Nepalda tug‘ilgan. U Balen taxallusi bilan rep ijodkor sifatida tanilgan, keyinchalik qurilish muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olgan va jamoatchilik faoliyatiga kirishgan. 2022 yilda u mustaqil nomzod sifatida saylovda g‘olib chiqib, Katmandu shahri meri bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Sobiq rep ijrochisi 2026 yilda Nepal bosh vaziri lavozimi uchun kurashadi