date

Saudiya Arabistonida Rojdestvoga ruxsat berildimi?

Saudiya Arabistonida Rojdestvoga ruxsat berildimi?

Saudiya Arabistonida musulmon bo‘lmagan diniy bayramlarni, jumladan Rojdestvo, shuningdek xristian va yahudiy bayramlarini nishonlashga rasmiy ruxsat berildi. Bu qaror mamlakat valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud tomonidan tasdiqlangan.

Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, mazkur qaror qirollikdagi diniy siyosatga yangicha yondashuv va Islom talqinini zamon talablariga mos qayta ko‘rib chiqish jarayonining bir qismi hisoblanadi. Valiahd shahzoda yangi siyosat boshqa din vakillarining e’tiqod erkinligini hurmat qilish tamoyiliga asoslanishini ta’kidlagan.

Natijada Saudiya Arabistonida yashayotgan 13 milliondan ortiq musulmon bo‘lmagan aholi — asosan nasroniylar — o‘z diniy bayramlarini ochiqroq va erkinroq nishonlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda amaliy o‘zgarishlar ham kuzatildi:

  • 2022 yilda Rojdestvo archalari va bayramona bezaklarga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi;

  • 2023–2024 yillarda Ar-Riyod va Jidda kabi yirik shaharlarda Rojdestvo yarmarkalari, tematik konsertlar va mehmonxonalarda bayram dasturlari o‘tkazila boshlandi.

Rasmiylar ushbu islohotlarni Saudiya Arabistonining ochiqlik siyosati, madaniy xilma-xillikka hurmat va turizmni rivojlantirish strategiyasining muhim qismi sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistonida Rojdestvoga ruxsat berildimi?