
Germaniya terma jamoasi va Madridning «Real» klubida to'p surgan sobiq yarim himoyachi Toni Kroos faoliyati davomida bir jamoada o'ynagan eng zo'r futbolchini nomladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
AS nashriga ko'ra, Kroos bu borada tanlovini Krishtianu Ronaldudan to'xtatgan: «Ronaldu — men birga o'ynagan eng yaxshi futbolchi», — dedi u.
Eslatib o'tamiz, Kroos va Ronaldu «Real» safida 2014 yildan 2018 yilgacha birga harakat qilgan.
Kroos futbolchilik faoliyatini yakunlagan. 40 yoshli Ronaldu esa Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Nasr» sharafini himoya qilmoqda. Portugaliyalik hujumchining shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan, uning bozor qiymati 12 mln yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.