date

Shimoliy Koreyada raketa uchirildi

Shimoliy Koreyada raketa uchirildi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In uzoq masofaga mo‘ljallangan raketalarni shaxsan nazorat qildi. Mamlakat rasmiy manbalariga ko‘ra, sinov yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan va raketalar belgilangan yo‘nalish bo‘yicha uchib, nishonga muvaffaqiyatli yetib borgan.

Kim Chen In sinovdan mamnunligini bildirib, bunday mashg‘ulotlar mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ekanini aytdi. Unga ko‘ra, Shimoliy Koreya turli tashqi xavflarga tayyor turishi va harbiy imkoniyatlarini muntazam tekshirib borishi kerak.

Janubiy Koreya harbiylari ham raketa uchirilganini tasdiqladi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, raketalar Pxenyan yaqinidagi hududdan uchirilgan. Seul rasmiylari Shimoliy Koreyaning so‘nggi harbiy harakatlari mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi.

Mutaxassislar ushbu sinovlar oddiy va yadro qurolini olib yurish imkoniyatiga ega raketalarni tekshirishga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda. Ayrim manbalarga ko‘ra, yaqin kunlarda, jumladan Yangi yil arafasida ham qo‘shimcha raketa sinovlari o‘tkazilishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shimoliy Koreyada raketa uchirildi