Mujtabo Xominaiy “Hizbulloh”ni olqishladi

Eron oliy rahbari Livandagi “Hizbulloh” harakatini yuqori baholadi va uning rahbariyatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Tasnim agentligiga ko‘ra, Xominaiy bayonotida tashkilotning bosh kotibi Shayx Naim Qosim harakatni “nozik va tarixiy davrda” boshqarayotganini ta’kidlagan.
“Hizbulloh sionist dushman (Isroil) rejalari amalga oshishining oldini olishga, uni mag‘lub etishga va Livan xalqiga tinchlik va sharafni qaytarishga muvaffaq bo‘lsin”, dedi Xomanaiy.
Shuningdek, Mujtabo Xominaiy AQSH va Isroilga qarshilikni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va’da berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing