date

Tramp ehtimoliy vafoti holati uchun vitse-prezident Vensga maktub qoldirdi

Tramp ehtimoliy vafoti holati uchun vitse-prezident Vensga maktub qoldirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp prezidentlik muddati davomida o‘zi bilan favqulodda holat yuz bersa, vitse-prezident Jey Di Vensga topshirilishi kerak bo‘lgan maxsus maktub qoldirgani ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda AQSh ma’muriyati vakili Sebastyan Gorka New York Post nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, maktub Oq uydagi mashhur Resolute Desk ish stoli tortmasida saqlanmoqda.

“Agar Tramp bilan biror kor-hol yuz bersa, vitse-prezidentga topshiriladigan maktub o‘sha yerda turibdi”, — deya ta’kidlagan Gorka. Biroq xat mazmuni haqida batafsil ma’lumot berilmagan.

Shuningdek, Gorka AQSh rasmiylari Trampga nisbatan ehtimoliy suiqasd masalasida ortiqcha xavotirda emasligini bildirdi. Uning aytishicha, mamlakatda hokimiyat vorisligi bo‘yicha aniq protokollar mavjud va bunday holatlarda davlat boshqaruvi uzluksiz davom ettiriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Tramp ehtimoliy vafoti holati uchun vitse-prezident Vensga maktub qoldirdi