date

Fransiya prokuraturasi Sarkoziga 7 yil qamoq jazosi so‘radi

Fransiya prokuraturasi Sarkoziga 7 yil qamoq jazosi so‘radi

Fransiya prokuraturasi Nikolya Sarkoziga nisbatan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni so‘radi. U 2007 yilgi prezidentlik saylovoldi kampaniyasini Liviyadan kelgan mablag‘lar hisobidan noqonuniy moliyalashtirganlikda ayblanmoqda.

Prokuratura, shuningdek, Sarkoziga 300 ming yevro miqdorida jarima solish va 5 yil davomida davlat lavozimlarini egallash huquqidan mahrum qilishni talab qilmoqda. Tergov tomoni mazkur ishda moliyaviy qonunbuzarliklar bo‘lganini ilgari surmoqda.

Avvalroq Sarkozi boshqa bir saylov xarajatlari ishi doirasida shartli ravishda muddatidan oldin ozodlikka chiqarilgani xabar qilingandi. Sud 5 may kuni uning foydasiga qaror qabul qilgan.

Mazkur qaror Sarkozining 71 yoshda ekani bilan izohlangan va 7 maydan kuchga kirgan. Jazoni o‘tash tartibini yengillashtirishni uning o‘zi so‘ragani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Fransiya prokuraturasi Sarkoziga 7 yil qamoq jazosi so‘radi