Drondagi sirli yozuv hammani hayratga soldi

Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat fonida Eron tomonidan ishlatilgan dronlardan biriga yozilgan g‘alati va ramziy matn jamoatchilik e’tiborini torta boshladi.
Ma’lum qilinishicha, “Shahed-136” turidagi uchuvchisiz apparat korpusida “Men, Shahed-136, Eron xalqi nomidan muzokaralar uchun Tel-Avivga ketyapman”, degan yozuv qayd etilgan. Bu kabi yozuvlar odatda axborot-psixologik ta’sir vositasi sifatida baholanmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bunday xabarlar orqali Isroil va xalqaro hamjamiyatga ma’lum signal yuborish maqsad qilingan bo‘lishi mumkin. Ya’ni, bu nafaqat harbiy, balki axborot urushi elementlaridan biri sifatida qaralmoqda.
Shu bilan birga, bu kabi yozuvlar vaziyatning qay darajada keskinlashganini va tomonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik faqat jang maydonida emas, balki ramziy va psixologik maydonda ham davom etayotganini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!