date

Markaziy Osiyoda urush faxriylariga qancha pul berildi?

Markaziy Osiyoda urush faxriylariga qancha pul berildi?

Ikkinchi jahon urushi millionlab insonlar taqdiriga ta’sir qilgan og‘ir sinov bo‘ldi. Markaziy Osiyo davlatlari ham bu qirg‘inda katta yo‘qotishlarga uchradi. Bugungi kunda esa urush qatnashchilari soni yildan-yilga kamayib bormoqda va ularga ko‘rsatilayotgan e’tibor alohida ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqda Dzen xabar berdi.

2026 yil holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 60 nafar urush faxriysi hayot kechirmoqda. 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ularning har biriga 30 million so‘m miqdorida bir martalik mukofot ajratildi. Ilgarigi yillarda bu summa yanada yuqori bo‘lgani, xususan, ayrim holatlarda 10 ming dollargacha yetgani qayd etiladi.

Qozog‘istonda hozirda 83 nafar Ikkinchi jahon urushi guvohi qolgan. Ularga g‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan 5 million tengeden (10 ming dollardan ortiq) pul berildi. Shuningdek, davlat tomonidan oylik nafaqalar va tibbiy xizmatlar orqali ham qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash ta’minlanmoqda.

Qirg‘izistonda esa 24 nafar urush faxriysi saqlanib qolgan. Davlat rahbari qaroriga ko‘ra, ularning har biriga 200 ming som (taqriban 27 million so‘mdan ziyod) bir martalik to‘lov amalga oshirildi.

Tojikistonda urush qatnashchilari soni juda kam — atigi 8 nafar. Ularga 50 ming somoniy (taxminan 64 million so‘m) miqdorida pul mukofoti berilgan. Shu bilan birga, front ortida mehnat qilganlarga ham alohida moddiy yordam ajratilgan.

Turkmanistonda esa aniq raqamlar ochiqlanmagan. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, avvalgi yillarda faxriylarga kam miqdorda pul berilgan, ammo asosiy e’tibor sovg‘alar va bayram tadbirlariga qaratilgan.

Umuman olganda, Markaziy Osiyo davlatlari urush faxriylarini qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqda. Biroq raqamlardan ko‘rinib turibdiki, nafaqat faxriylar soni, balki ularga ajratilayotgan mablag‘lar ham mamlakatlarga qarab sezilarli darajada farq qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Markaziy Osiyoda urush faxriylariga qancha pul berildi?