Donald Trump AQSH tashkil topganining 250 yilligi munosabati bilan 250 kishini afv etishi mumkin

AQSH Prezidenti Donald Trump mamlakat tashkil topganining 250 yilligi munosabati bilan 250 nafar shaxsni afv etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Mazkur rejalar hozircha dastlabki bosqichda bo‘lib, rasmiy e’lon 14-iyun yoki 4-iyul tantanalari vaqtida amalga oshirilishi kutilmoqda. Shuning bilan birga, kripto-industriya vakillari va ularning tarafdorlari ham prezidentdan afv so‘rab murojaat qilishmoqda.
The Wall Street Journal nashrining xabar berishicha, AQSH Prezidenti Donald Trump mamlakat tashkil topganining 250 yilligini nishonlash doirasida 250 nafar shaxsni afv yetish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Rasmiy e’lon 14-iyun, ya’ni Trumpning tug‘ilgan kunida yoki 4-iyul — Mustaqillik kunidagi tantanalar vaqtida amalga oshirilishi kutilmoqda. Hozircha bu rejalar dastlabki bosqichda bo‘lib, yakuniy qaror qabul qilinmagan. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
O‘tgan yili prezident nomiga 16 mingdan ortiq afv yetish bo‘yicha rasmiy so‘rov kelib tushgan. Trump o‘z lavozimiga qaytgan ilk kunidayoq 2021-yilda AQSH Kapitoliyiga bostirib kirishda ishtirok yetgan 1500 dan ortiq kishini afv yetgan edi. Hozirgi kunda kripto-industriya vakillari va ularning tarafdorlari ham prezidentdan afv so‘rashmoqda.
FTX asoschisi Sam Bankman-Fried kriptobirja qulashi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. U ijtimoiy tarmoqlar orqali afv yetilishini so‘rab kampaniya olib borgan bo‘lsa-da, Trump joriy yil boshida bu imkoniyatni rad yetgan edi. Shuningdek, Samourai Wallet ishlab chiquvchisi Keonne Rodriguez ham afv yetilish umidida va Trump uning ishini ko‘rib chiqishga va’da bergan.
Kripto-hamjamiyat diqqat markazida bo‘lgan yana bir masala — Tornado Cash asoschilari Roman Storm va Roman Semenov ishi hisoblanadi. Storm litsenziyasiz pul o‘tkazmalari biznesini yuritishda aybdor deb topilgan, Semenov esa FBI tomonidan qidirilmoqda. Kripto-faollar dasturiy ta’minot yaratuvchilari uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlashmoqda.


























Izohlar 0
…