date

Shifokorlar Isroilda yangi hantavirus holatini tasdiqladi

Shifokorlar Isroilda yangi hantavirus holatini tasdiqladi

Isroilda hantavirus infeksiyasi bilan kasallanishning birinchi holati rasman qayd etildi. Ma’lum qilinishicha, bemor bir necha oy avval Sharqiy Yevropa davlatlariga sayohat qilgan bo‘lib, virusni o‘sha yerda yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar aniqlangan virus shtammi MV Hondius kruiz laynerida tarqalgan shtammdan farq qilishini bildirmoqda. Shu bilan birga, rasmiylar hozircha bemor yashaydigan shahar va infeksiya aniqlangan tibbiyot muassasasi haqida ma’lumot bermagan.

Xabarlarga ko‘ra, bemorda kasallik belgilari paydo bo‘lganidan keyin u shifokorlarga murojaat qilgan. Dastlab antitanalar bo‘yicha tahlil o‘tkazilgan va u hantavirus ta’sirini ko‘rsatgan. Keyinchalik PZR testi orqali infeksiya to‘liq tasdiqlangan.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, bemorning ahvoli barqaror bo‘lib, u shifokorlar nazorati ostida qolmoqda. Hozircha unga intensiv terapiya yoki qat’iy izolyatsiya talab etilmayotgani aytilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Shifokorlar Isroilda yangi hantavirus holatini tasdiqladi