date

Farzandlarini maktabga kuzatgandan so‘ng, g‘oyib bo‘lgan ayol 11 yildan keyin topildi

Farzandlarini maktabga kuzatgandan so‘ng, g‘oyib bo‘lgan ayol 11 yildan keyin topildi

AQSHda farzandlarini maktabga kuzatib qo‘ygach bedarak yo‘qolgan ayol oradan 11 yil o‘tib tirik holda topildi. Bu haqda Mirror nashri ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2002 yilning fevral oyida Pensilvaniyada yashovchi Brenda Heyst bolalarini maktabga olib borganidan keyin izsiz g‘oyib bo‘lgan.

Aniqlanishicha, o‘sha vaqtda 42 yoshli ayol og‘ir ajrashuv jarayonini boshdan kechirayotgan bo‘lib, moliyaviy qiyinchiliklarga bardosh bera olmagan.

Brendaning turmush o‘rtog‘i xotinini o‘ldirganlikda gumon ostiga olingan, ammo yetarli dalil topilmagani va u yolg‘on detektori sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgani sababli tergov ishi yopilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Brenda g‘oyib bo‘lgan kuni bog‘da notanish odamlar bilan uchrashgan va ular unga Floridaga birga ketishni taklif qilgan. Heyst bu taklifga rozi bo‘lib, boshqa ism bilan hayot kechira boshlagan. Keyingi yillar davomida u yashirin turmush tarzini olib borib, naqd pul evaziga mehnat qilgan hamda o‘zidan hech qanday iz qoldirmaslikka uringan.

Ayol o‘zini beva ayol sifatida tanishtirgan va hech qachon farzandli bo‘lmaganini aytgan. 2013 yilda esa u bir nechta jinoyatlarda, jumladan haydovchilik guvohnomasini o‘g‘irlashda ayblanib qo‘lga olingan. Shaxsiga oydinlik kiritish jarayonida uning ko‘p yillar avval bedarak yo‘qolgan Brenda Heyst ekani ma’lum bo‘lgan.

O‘sha vaqtda Brenda oilasini tashlab ketganidan uyalishi haqida aytgan, biroq o‘sha paytda aynan shu qarorni eng to‘g‘ri yo‘l deb hisoblaganini ta’kidlagan. Ozodlikka chiqqanidan keyin u Texas shtatiga, onasining oldiga ko‘chib o‘tgan, ammo farzandlari bilan munosabatlarini qayta tiklay olmagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Farzandlarini maktabga kuzatgandan so‘ng, g‘oyib bo‘lgan ayol 11 yildan keyin topildi