Claude sunʼiy intellekti yordamida 5 ta Bitcoin qayta tiklandi

1 daqiqa o'qish176
Claude sunʼiy intellekti yordamida 5 ta Bitcoin qayta tiklandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • X ijtimoiy tarmog'i foydalanuvchisi Anthropic kompaniyasining Claude sun'iy intellekt yordamida o'n yildan ortiq vaqt davomida kira olmagan 5 ta Bitcoin mablag'ini qayta tikladi.
  • U dastlabki sakkiz hafta davomida turli dasturlar orqali milliardlab parollarni tekshirgan bo'lsa-da, natijaga erishmagan edi.

X ijtimoiy tarmog‘ida bir foydalanuvchining o‘ziga xos muvaffaqiyati keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. U Anthropic kompaniyasining Claude sunʼiy intellekt chatbotidan foydalanib, o‘n yildan ortiq vaqt davomida kira olmagan 5 ta Bitcoin (taxminan 320 ming USD) mablag‘ini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Foydalanuvchi bir necha yil avval blockchain.info platformasida murakkab parollar o‘rnatgan, biroq ulardan birini unutib qo‘ygan edi. Dastlabki sakkiz hafta davomida u turli dasturlar yordamida milliardlab parollarni tekshirib ko‘rgan, ammo natija bo‘lmagan. Yakuniy urinish sifatida u o‘zining eski noutbuklari va kollej davridagi yozuvlarini Claude tizimiga yuklagan.

Sunʼiy intellekt foydalanuvchining ikki xil Mac kompyuteri, tashqi xotira qurilmalari, iCloud va Gmail xabarlarini o‘z ichiga olgan 1 gigabaytdan ortiq maʼlumotlarini tahlil qildi. Natijada Claude 2019-yilga oid muhim hamyon zaxira faylini topishga yordam berdi. Shundan so‘ng, foydalanuvchi eski daftarlaridagi eslatmalar yordamida parolni tiklab, Bitcoin hamyoniga kirish huquqini qo‘lga kiritdi.

Sanoat hisobotlariga ko‘ra, bugungi kunda taxminan 2,3 milliondan 4 milliongacha Bitcoin yo‘qolgan parollar yoki seed-fraza sababli foydalanish imkonidan mahrum bo‘lib qolgan. Bu umumiy kripto taklifining 11 foizdan 19 foizigacha qismini tashkil etadi.

Ushbu holat kriptovalyuta egalari uchun umid uyg‘otdi. Garchi foydalanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillarni to‘liq oshkor qilmagan bo‘lsa-da, Blockchain.com maʼlumotlari 2015-yildan beri harakatsiz bo‘lgan 5 ta Bitcoin 13-may kuni boshqa manzilga o‘tkazilganini tasdiqlaydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?