Moody's: AQSH banklari raqamli moliya tizimiga o'tishni kutmoqda

Moody’s Ratings agentligi hisobotiga ko'ra, AQSHning yirik banklari va moliya bozori vositachilari raqamli moliya tizimiga o'tish jarayoni dastlab sekin kechishi, biroq keyinchalik keskin tezlashishini kutmoqda. Mutaxassislar tokenizatsiya hajmining oshishi va uning turli aktivlar hamda bozor ishtirokchilari qamrovini kengaytirishini muqarrar deb hisoblamoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Hozirgi vaqtda tokenizatsiya faoliyati asosan kriptovalyuta savdosi va transchegaraviy to'lovlar bilan cheklangan bo'lsa-da, an'anaviy moliya institutlari ushbu o'zgarishlarga faol tayyorgarlik ko'rmoqda. RWA.xyz ma'lumotlariga ko'ra, real aktivlarning tokenizatsiya bozori 2025-yil boshidan buyon 420 foizdan ortiq o'sdi va 31,6 milliard dollarni tashkil etmoqda.
Moody’s tahliliga ko'ra, deyarli barcha yirik banklar raqamli aktivlar bo'yicha maxsus guruhlar tuzgan va yangi infratuzilmani sinovdan o'tkazish uchun sanoat loyihalarida ishtirok etmoqda. Masalan, Morgan Stanley yaqinda kripto-bo'linmasini ishga tushirib, kripto-valyuta fondlari va hamyonlarini joriy etish rejalarini e'lon qildi.
Agentlik moliya tizimining kelajagi uchun uchta ssenariyni ilgari surmoqda. Asosiy ssenariyda tokenizatsiya barqaror o'sadi, banklar va aktivlar boshqaruvchilari o'z markaziy o'rnini saqlab qoladi. Biroq, tartibga solishdagi to'siqlar va past talab kuzatilsa, raqamli moliya tizimi rivojlanishi cheklangan doirada qolib ketishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!