date

Italiyada qidiruvdagi eng xavfli mafiya yetakchisi qo‘lga olindi

Italiyada qidiruvdagi eng xavfli mafiya yetakchisi qo‘lga olindi

Italiyaning eng xavfli qidiruvdagilaridan biri bo‘lgan Roberto Mazzarella politsiya tomonidan ushlangan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Mazzarella bir yildan ortiq vaqt davomida qochib yurgan va "Kamorra" uyushgan jinoyiy guruhi mashhur Mazzarella klaniga rahbarlik qilgan. 3 aprel kuni kechqurun Amalfi qirg‘og‘ida 1000 evrolik lyuks villada rafiqasi va ikki farzandi bilan bo‘lgan paytda qo‘lga olingan. Politsiya uning hech qanday qarshilik ko‘rsatmaganini ma’lum qildi.

48 yoshli Roberto Italiya Ichki ishlar vazirligining eng xavfli qidiruvdagilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda turibdi. U 2025 yil 28 yanvardan beri qidiruvda edi. Mazzarella 2000 yilda Antonio Maione qotilligida ayblangan, Antonio Maione ukasi Ivan esa 1995 yilda Mazzarellaning otasi Salvatore’ni o‘ldirganini tan olgan.

Qo‘lga olish operatsiyasida Karabinieri tergov bo‘linmasi, Italiya harbiy-havo kuchlari va Salerno qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ishtirok etib, atrofdagi suv hududlarini nazorat qilgan. Reydda 20 ming yevro naqd pul, uchta qimmatbaho soat, mobil telefonlar va soxta shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar topilgan.

Mazzarella oilasi Neapolda kontrabanda va giyohvand moddalar savdosining katta qismini nazorat qiladi. Shuningdek, ular Milan va Italiya shimolida qalbakilashtirish va daromadlarni legallashtirish bilan shug‘ullanadi.

Qo‘lga olinishi siyosatchilar tomonidan olqishlandi. Yevropa parlamenti vitse-prezidenti Pina Picerno bu voqeani “davlatning katta g‘alabasi va mafiya qarshisida aniq signal” deb bayonot qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Italiyada qidiruvdagi eng xavfli mafiya yetakchisi qo‘lga olindi