Dunyo iqtisodiyotida davlatlar ulushi: 1961–2025 yillar (foizda, video)

1961–2025 yillarda dunyo iqtisodiyotidagi ulushlar qat’iy o‘zgarishlarni ko‘rsatdi. Bu haqida Gorizont telegram kanali xabar berdi.
1960 yillarda AQSH dunyo YAIMining (Yalpi ichki mahsulot) taqriban 40 foizini tashkil qilgan. Shu vaqtda Xitoyning ulushi atrofida 4% bo‘lgan. 1980 yillarga kelib, AQSH ulushi pasayib 25%ga tushgan, Xitoy esa 2% atrofida qolgan.
1990 yillarda Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanib, 10–15% ulushga ega bo‘ldi. 2000 yillarda Xitoy iqtisodiy rivojlanishi bilan ulushini sezilarli oshirdi va 2025 yilga kelib dunyo YAIMida 16–17%ga yetkazdi. AQSH esa barqaror 26% ulush bilan yetakchi maqomini saqlab kelmoqda. Germaniya va Yaponiya ulushi hozirgi kunda mos ravishda 4–5% va 5–6% atrofida. Boshqa mamlakatlar umumiy ulushda hali ham katta rol o‘ynaydi.
Shu orqali dunyo iqtisodiyoti global qayta taqsimlanish jarayonida ekanligi aniq ko‘rinadi. Xitoyning tez o‘sishi va AQSHning barqaror yetakchiligi XI asrdagi iqtisodiy kuch balansini belgilaydi.