Xitoydagi McDonald’s tez ovqatlanish tarmoqlari Jingongmen deb ataladigan bo‘ldi. Bu “Oltin ark” ma’nosini bildiradi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Telekanal yangilik bo‘yicha Xitoy ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining fikrini o‘rgangan. Ayrimlar McDonald’s endilikda xitoychada mebel saloni kabi nomlanib, taomlarning iste’molga yaroqli ekanini shubha ostiga qo‘yadi, deb hisoblamoqda. Boshqa foydalanuvchilar xorijiy brend uchun mos kelmagani, balki Xitoyning davlat korxonasiga o‘xshab qolganini ta’kidlashmoqda. Boshqa birlari Jingongmen yoqimsiz eshitilishini aytishmoqda.
CNN telekanalining aniqlik kiritishicha, restoranlar tarmog‘ining nomi o‘zgargani uning taomlari ham o‘zgarganini anglatmaydi. Shanghaydagi restoranlar tarmog‘i vakili o‘zgarishning uning yangicha nomlanishiga doir ekanini, savdo belgisi saqlanib qolishini bildirdi.
Joriy yil yoz oylarida McDonald’s Xitoydagi 80 foiz biznesini sotishini e’lon qilgan edi. Xitoyning CITIC Group yirik davlat investitsiya korporatsiyasi va Amerikaning Carlyle Group investitsiya jamg‘armasi hamkorlikda 2,08 mlrd evaziga mashhur restoranlar tarmog‘ini xarid qildi. McDonald’s 20 foiz miqdordagi ulushini saqlab qoldi. Kelishuv 20 fil mobaynida amal qiladi. Kelgusi 5 yil mobaynida Xitoy va Hongkongda 1,5 ming yangi restoranlar ochish rejalashtirilgan. Bu yerda shu vaqtga qadar 2,8 ming restoran ishlab keladi.
Umumiy hisobda McDonald's brendi ostida dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida 36 mingdan ortiq tamaddixona faoliyat yuritadi. Ular har kuni qariyb 70 mln kishiga xizmat ko‘rsatadi. AQSHning o‘zida 14 mingga yaqin McDonald's bor. Ularning taxminan 90 foizi franshiza asosida ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi