19:15 / 08.11.2017
5 365

Turkiyadagi fabrikada portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

Turkiyadagi fabrikada portlash yuz berdi. Qurbonlar bor
Turkiyaning Bursa provinsiyasidagi tekstil fabrikalaridan birida portlash yuz berdi. Bu haqda «Vestnik Kavkaza»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi.

Portlashdan so‘ng fabrika tomi qulagan, oqibatda esa ko‘plab ishchilar vayronalar ostida qolib ketgan.

Portlash sabablari hozircha oshkor qilinmagan. Hozirgi paytda hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.

Jarohatlanganlar va halok bo‘lganlarning barchasi Turkiya fuqarolari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyadagi fabrikada portlash yuz berdi. Qurbonlar bor