17:04 / 12.11.2017
6 334

Xitoy olimlari birinchi bo‘lib o‘zga sayyoraliklar bilan muloqotga kirishmoqchi…

Xitoy olimlari birinchi bo‘lib o‘zga sayyoraliklar bilan muloqotga kirishmoqchi…
Xitoy ufologlarining aytishicha, dunyoda eng katta radioteleskop yordamida birinchi bo‘lib o‘zga sayyoraliklarni topisharkan va muloqotga kirishisharkan. Radioteleskopga «FAST» deya nom berilgan.

Teleskop 2016 yili bunyod etilib, ishga tushirilgan. U o‘zga sayyoralardan kelib tushadigan signallarni bexato tutadi, hali hech kim topa olmagan sayyoralarni qidirib topadi. Radioteleskopning diametri 500 metrga teng. Bu Puerto Rikodagi ulkan observatoriyadan ikki karra kattaligi bilan ahamiyatlidir. Radioteleskop yerdan o‘ta olis bo‘lgan sayyoralarni sira qiynalmasdan topadi va signallar yuboradi. Bu ishni dunyodagi hozirgi kun uskunalari umuman amalga oshira olmaydi.

O‘zga sayyoralarda hayot tarzini aniqlash bo‘yicha Xitoy yetakchi mutaxassisi Lyu Szыsinning gapiga ko‘ra, bu radioteleskop doirasida aytilayotgan fikrlar fantastika emas, real hayotdan olingan. Vaholanki, Xitoy hukumati mutaxassislar bilan birgalikda Oyning zulmat hukmron tarafida ham radioobservatoriya bunyod etishni rejalashtirishgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy olimlari birinchi bo‘lib o‘zga sayyoraliklar bilan muloqotga kirishmoqchi…