Uilbert Jons ismli amerikalik fuqaro nohaq ayblanib, 46 yil qamoqda umr o‘tkazganidan so‘ng ozod etildi. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar bermoqda.
Uilbert Jons 1971 yilda Baton-Ruj shahrida hamshirani o‘g‘irlaganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘shanda 19 yoshda bo‘lgan Uilbert Jons shifoxonaning avtoturargohida hamshiraga pichoq bilan tahdid qilgan. Keyin binoning ichiga kirib, jinsiy zo‘ravonlik qilgan.
1974 yilda u sud qilingan va umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.
Uilbert Jonsni sud qilish uchun jabrlanuvchi ayolning ko‘rsatmasi dalil qilib olindi. Ayol bir necha fotosuratlar ichidan Jonsning suratini aybdor kishi deb ko‘rsatgan.
Uilbert Jonsning himoyachilari jabrlanuvchi taqdim etgan ma’lumotlar boshqa erkakka tegishli ekanligini ta’kidlashgan. Ular bu voqeadan 27 kundan keyin jinsiy zo‘ravonlik uchun qo‘lga olingan erkakka xos ekanligini aytishgan.
Uilbert Jonsning advokatlari o‘z himoyasi ostida bo‘lgan mahbus qamoqda namunali xulqi bilan ajralib turganligini va keksa yoshda ekanligini ilgari surishdi. Shuningdek, 2008 yilda vafot etgan marhum hamshiraning turmush o‘rtog‘i ham uni ozod etilishiga qarshilik bildirmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi