09:59 / 31.12.2017
4 244

Ramzan Qodirov akkauntining to‘silishi Facebook’ning AQSh hukumatiga ishlashini ayon qildi

 Рамзан Қодиров аккаунтининг тўсилиши Facebook’нинг АҚШ ҳукуматига ишлашини аён қилди
Facebook ijtimoiy tarmog‘i gap “nomaqbul” akkauntlar haqida ketganda AQSh hukumati foydasiga ishlaydi. Bu haqda The Intercept portali sharhlovchisi Glenn Grinvald yozmoqda, deb xabar qiladi Kun nashri.

Jurnalistning ta’kidlashicha, ijtimoiy tarmoqning AQSh hukumatiga ishlashi Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning akkaunti bloklab qo‘yilgandan keyin ayon bo‘ldi. Kompaniya vakillarining aytishicha, Qodirovning sahifasi uning “Magnitskiy ro‘yxati”ga kiritilishi sababli yopib qo‘yilgan. Biroq bunday sanksiyalar Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan ham amal qilsa-da, uning sahifasi ishlamoqda.

Grinvaldning aytishicha, bu holat Oq uy istalgan odamni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritib, uni Facebook va Instagram’dan o‘chirtirib tashlashi mumkinligini anglatadi. “Odamlar Tramp ma’muriyatiga u istalgan odamni bloklab qo‘ya oladigan darajada ishonadilarmi?”, deb savol bermoqda sharhlovchi.

Grinvaldning fikricha, Facebook’da bunday “yaqin aloqalar” Isroil bilan ham mavjud. Misol uchun, ijtimoiy tarmoq Isroil hukumatining falastinliklar akkauntlarini bloklash haqidagi talablarini bajargan. Agar ijtimoiy tarmoq talabga bo‘ysunmasa, katta jarimalar va uning Isroil hududida bloklanishi bilan tahdid qilingan.

Isroil adliya vaziri Ayeleta Shakedning aytishicha, Isroil oxirgi 4 oy ichida “tartibsizliklarga undov” deb baholanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni o‘chirishga 158 ta so‘rov bergan. Ijtimoiy tarmoq bu murojaatlarning 95 foizini qondirgan.

Falastin axborot markazida aytilishicha, Falastin ma’muriyatining ingliz va arab tilidagi, bir necha million obunachilarga ega sahifalari bloklab qo‘yilgan. Shuningdek, 2016 yil mart oyidan beri FATH partiyasining sahifasi qo‘lida miltiq ushlab turgan Yosir Arofat surati sababli yopib qo‘yilgan.

Muallifning ta’kidlashicha, bunday “hamkorlik” hamma uchun ham taqdim qilinmaydi: misol uchun, agar Eron amerikalik senator Chak Shumerning (Al-Quds bo‘yicha Tramp qarorini qo‘llab-quvvatlagani uchun Eron sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan) akkauntini o‘chirishni talab qilsa, ijtimoiy tarmoq buni amalga oshirmaydi.

Lo‘ndasini aytganda, Facebook unga bevosita ta’sirga ega bo‘lgan davlatlar bilan hamkorlik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov akkauntining to‘silishi Facebook’ning AQSh hukumatiga ishlashini ayon qildi