6 152
Ikki yoshli bolakay poezd sabab oyog’idan ayrildi, shifokorlar esa uning uchun tibbiyot tarixidagi eng og’ir operatsiyalardan birini o’tkazdilar
Hindistonning Kartankisidan bo’lgan Muhammad Solih onasini hayotdan olib ketgan dahshatli temir yo’l halokati sabab ikki oyog’idan ayrildi. Ayol bolani ko’tarib olgancha yo’lni yugurib kesib o’tishga harakat qilgan va natijada katta halokat sodir bo’lgan edi. Bolakay vafot etgan onasi yonidan qonga belangan holatda topilgan.
Halokat guvohlari va temir yo’l stantsiyasi xodimlari o’zlarini yo’qotib qo’ymagan holda bolaning kesilgan jarohatlariga muz bosishgan. Birinchi yordam ko’rsatilgach esa Muhammad Kerala shtatidagi kasalxonaga olib kelingan.
Shifokorlar bolakayning kim ekanligini mutlaqo bilishmas, uning otasi kim ekanligini aniqlab, muolajalar jarayonida uning ham qatnashishini ta’minlash uchun vaqt yetishmasdi. Shu tariqa Muhammad bilan bog’liq juda og’ir operatsiya o’tkazildi va uning ikki oyog’ini ham saqlab qolishga erishildi. Bu hind tibbiyoti tarixidagi ilk oyoqlar ulanishi operatsiyasi bo’ldi.
OAVda paydo bo’lgan halokat xabarlaridan so’ng bolani izlab bobosi va buvi topib kelishdi. Muhammad bu turdagi operatsiyani boshdan kechirgan dunyodagi eng kichik bemorga aylandi.
Oradan 8 oy o’tib, bolakayning oyoqlari o’z holiga qaytdi va nafaqat yurish, balki yugura oladigan darajaga ham yetdi. Kichik bemorning oyoqlarida bunday operatsiyalardan so’ng kamdan kam hollarda kuzatiluvchi teri sezuvchanligi ham qayta tiklandi va u o’z oyoqlari bilan shifoxonaga yurib kelgancha bunday tuhfa uchun shifokorlarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi