22:14 / 02.02.2018
5 664

Ota-ona 2 yoshli o’g’lini bittagina matrasidan boshqa hech narcha yo’q dahshatli xona ichida saqlab kelishgani uchun qamoqqa olindilar

Ota-ona 2 yoshli o’g’lini bittagina matrasidan boshqa hech narcha yo’q dahshatli xona ichida saqlab kelishgani uchun qamoqqa olindilar
Shimoliy Yorkshirda istiqomat qiluvchi 27 yoshdi Kerri Ribak va 26 yoshli Darrena Stenlilar uyiga ijtimoiy xizmat xodimlari tomonidan chaqirilgan politsiya xizmati inson ko’ngliga dahshat hissini soluvchi lavhalarni suratga oldi. Xona kir va dahshatli holatda bo’lgan, derazalar qora mato bilan yopib qo’yilgan, karavot o’rnida esa bittasiga kir matras turgan.

Ushbu xonada saqlab kelingan bolakay boshqa bir oilaga farzandlikka berilgan, uning ota-onasi esa o’zlarini aybdor deb tan odilar va 2 yillik qamoq jazosiga mahkum bo’ldilar.

Ijtimoiy xizmat xodimlari ularning uylariga ayol ikkinchi farzandiga homilador bo’lgan paytlarda ham kelgan edilar. O’sha paytlardayoq bolaning bittagina futbolkada va tagliksiz yurganini ko’rib hayratda qolishgan.

Xabarda aytilishicha, ota-ona farzandlariga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo’lishmagan, ammo politsiyaga bola rivojlanishdan ortda qolayotgani uchun uni eplab bo’lmayotgani haqida xabar qilganlar. Juftlikning advokatlari onaning murakkab o’tgan bolaligi haqida aytib berdilar.

“Ularning oilalari tomonidan hech qanday ko’mak berilmagan va ular bor kuchlari bilan ota-ona bo’lish uchun harakat qildilar. Ammo bunga qaramasdan sud ularni bolalar haqida qayg’ura olmaydi degan qarorga keldi” deydi sudya.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ota-ona 2 yoshli o’g’lini bittagina matrasidan boshqa hech narcha yo’q dahshatli xona ichida saqlab kelishgani uchun qamoqqa olindilar