Har bir davlat ta’lim tizimining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ular mamlakat an’analari, odamlarning dunyoqarashi, ta’limga bo‘lgan munosabat va boshqa sabablarga ko‘ra shakllanadi. Quyida shulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
Xitoyda o‘quvchilarga uyga vazifa ko‘p beriladi. Masalan, o‘quvchilar haftada 14 soat vaqtini uyga berilgan vazifalarni bajarishga sarflaydi.
Rossiyada o‘quv yili «Bilimlar kuni» bilan boshlanadi, bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa ham 1 sentyabr shu tariqa nishonlanadi.
Kundalik ovqatlanish masalasiga Fransiyada katta e’tibor beriladi, o‘quvchilar taom tayyorlash va ovqatlanish rejimi haqida mukammal tasavvurga ega bo‘lishi kerak.
Eronda o‘g‘il va qiz bolalar alohida o‘qitiladi, qizlarga ayol, o‘g‘il bolalarga erkak o‘qituvchi dars o‘tishi shart.
Avstraliyada uzoq mintaqalarda yashaydigan talabalarga radio orqali dars o‘tish tajribasi bor.
Chilida yozgi ta’til biz uchun g‘ayrioddiy muddatda, ya’ni dekabrning o‘rtalaridan martning boshigacha davom etadi.
Niderlandiyada bolalar juda erta — 4 yoshidayoq maktabga chiqishadi.
Islandiyada maktab o‘quvchilariga tikish-bichishdan ham saboq berishadi.
Braziliyada tushlikka katta e’tibor qaratiladi, ko‘p maktablarda darslar juda erta, ya’ni ertalab soat yettidan boshlanadi, tushlikni esa o‘quvchilar uylariga borib oila davrasida qilishlari mumkin.
Finlyandiyada bolalar yetti yoshga to‘lgachgina maktabga qabul qilinadi. Bundan tashqari, ushbu davlat ta’lim tizimi samaradorligi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Hukumat tasdiqlaydigan ta’lim hujjatlari faqat yo‘riqnoma hisoblanib, o‘qituvchi o‘zi ma’qul topgan uslubda dars berishi mumkin. O‘quvchilarga to‘qqiz yoshidan shved tili (ikinchi til sifatida), o‘n bir yoshidan ingliz tili o‘qitila boshlaydi. Maktab o‘quvchilari kamida to‘rtta tilni o‘rganadilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi